"Atletiko" 2021/22 yilgi mavsum uchun to'rtta libosini namoyish etdi

Alisher
6 iyul 2021, 07:52
Madridning "Atletiko" klubi kelasi mavsumda foydalanadigan liboslar to'plamlarini namoyish etdi.

Uy libosi ananaviy qizil, oq va ko'k ranglarda, ammo vertikal chiziqlar o'zgacha qilib ishlov berilgan. Ekipirovka "Atletiko" nomining 75-yilligiga bag'ishlandi.

"Atletiko" barcha to'rt libosini namoyish etdi. Uy libosi kabi qolgan uch to'plam ham yubiley sharafiga ishlab chiqarilgan. Madridliklarning texniy homiysi Amerikaning Nike firmasi hisoblanadiyu

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" o'tgan mavsum Ispaniya chempioniga aylandi.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com