"Atletik" MYUga sotgan futbolchisini qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2018, 16:25
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera tez orada klubni tark etishi mumkin.

29 yoshli futbolchining "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi. Ispaniyalik 1 yanvardan boshlab boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishi va ular bilan kelishib qo'yishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Errera xizmatlariga "Atletik" qiziqish bildirmoqda. Bilbao jamoasi mankunianlar bilan bog'landi va futbolchini yanvardayoq o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ander Errera 2011-2014 yillarda "Atletik" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bleacher Report