"Aston Villa" va "Tottenxem" "Manchester Siti" himoyachisiga qiziqmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyun 2023, 15:11
Himoyachi Emerik Lyaport shu yoz "Manchester Siti"dan ketishi mumkin.

O'yinchining "shaharliklar" bilan kelishuvi 2025 yilgacha amal qiladi, biroq futbolchi klubni ertaroq tark etmoqchi. Lyaport o'yin amaliyoti kamligidan norozi.

Himoyachi xizmatlariga "Aston Villa" va "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, avvalroq Lyaport Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klubda faoliyatini davom ettirishni istashini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sport.es