

"Oliy liga klubi bilan o'ynadik. O'zimizga saboq oldik, biz uchun bu katta tajriba bo'ldi. kamichliklarimizni bilib oldik. Birinchi ligada mavsum boshlanishiga vaqt bor. Chempionatni g'alaba bilan boshlamoqchimiz. Shogirdlarimning o'yinidan u qadar ko'nglim to'lmadi. Bizda o'yin amaliyoti kam edi. Mavsum boshida "Zomin" stadionida emas "So'g'diyona" stadionida o'ynaymiz. Iyun oylariga boribgina o'z maydonimizda raqiblarni qabul qila boshlaymiz", - deydi Asqar Umarov.



