"Asian Fight - 2017". Ommaviy axborot vositalari diqqatiga!

Aziz Tukhtamuradov
22 avg 2017, 07:00
Hurmatli hamkasblar! Sizga ma'lumki, joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkent shahridagi muhtasham “Bunyodkor” stadionida “Asian Fight - 2017” xalqaro sport turniri tashkil etilmoqda.

Tashkilotchilar: O'zbekiston Penchak silat federatsiyasi va “Sunrise Entertainment” mas'uliyati cheklangan jamiyati.

Axborot hamkorlari (turnirni eksklyuziv tarzda tele va radio efirda hamda internet tarmog'ida yoritish huquqi berilgan OAV): “Milliy” telekanali, “Oriat Dono” va “Oriat FM” radiostanciyalari, Championat.asia va Olamsport.com saytlari.

Akkreditatsiyadan o'tish uchun www.sunriseentertainment.uz saytiga kirib, akkreditatsiya bo'limidan o'rin olgan onlayn-arizani to'ldirish zarur bo'ladi. Shundan keyin turnir Axborot xizmati vakillari Siz bilan bog'lanadi.

Akkreditatsiyadan rasman o'tish uchun onlayn-arizadan tashqari quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
- Ish joyidan rasmiy xat;
- akkreditatsiyadan o'tuvchi xodimning pasport nusxasi;
- 4 dona rangli fotosurat (3x4)

Turnirni yoritishga ruxsat beriladigan OAV soni cheklangan:
- har bir gazeta va jurnaldan 2 nafar;
- har bir radiostanciyadan 2 nafar;
- har bir internet saytlaridan 2 nafar;
- har bir telekanaldan 4 nafar xodim ro'yxatdan o'tadi.

Izoh: O'zbekiston hududidagi barcha mustaqil jurnalistlar ham akkreditatsiyadan o'tishlari mumkin.

“Asian Fight - 2017”  xalqaro sport turniri doirasida o'tkaziladigan tadbirlar:
- birinchi matbuot anjumani (29 avgustga rejalashtirilmoqda, hujjatlarni shu kuni olib kelsangiz ham bo'ladi);
- ikkinchi matbuot anjumani (faxriy mehmonlar ishtirokida, sana aniq emas);
- master klasslar (Jan Klod Van Damm, Jeff Monson va Fyodor Emelyanenkolar ishtirokida, sana aniq emas);
- “Asian Fight - 2017”  (“Bunyodkor” stadionida 9 sentyabr kuni soat 18.00 da boshlanadi)

Akkreditatsiyadan o'tish jarayoni 1 sentyabr kuniga qadar davom etadi.
Batafasil ma'lumot uchun: Jamshid Hojiakbarov (+99890188-64-44)

“Asian Fight - 2017”  Axborot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia