AS: Nacho "Real" Ramosga ortiqcha erkinlik bermasligini xohlamoqda?!

Omonjon To`xtamirzayev
6 fev 2021, 13:22
Serxio Ramos va "qirollik klubi" yangi shartnoma borasida kelisha olmayotganidan xabaringiz bor.

Klub tabiiyki o'z sardorini saqlab qolmoqchi, lekin tomonlar hozircha kelisha olishmayapti. Kuni-kecha esa Nacho "Tvitter"da shu mavzu borasidagi tvitga "layk" bosdi.

Gap shundaki, Nacho GrandeMouReal nomli foydalanuvchi: "Ramosga shartnoma muzokarasi davomida ortiqcha erkinlik bermaslik va futbolchi istagan barcha shartlarini qo'yishi mumkin emasligini, ayniqsa, hozirgi ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatda", deb aytib o'tgan izohi "yoqqan".

Ma'lum vaqtdan keyin futbolchi "layk"ni o'chirib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia