Arteta: "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldin xavotirlar yo'q emas"

Alisher
12 iyun 2020, 16:30
Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionati 29-turi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men juda xavotirlanyapman va yana o'yinlarni boshlashni va hammasidan ham yaxshi ko'radigan ishimni qilishni intizorlik bilan kutyapman.

"Manchester Siti"ga qarshi o'yin men uchun alohida ahamiyatga ega bo'ladi, bu o'yinni intiqlik bilan kutmoqdaman. Men jamoada ishlayotgan barchani bilaman, u yerda ajoyib 4 yilni o'tkazdim", - deydi Arteta.

Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasi 17 iyunda restart oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports