

Ispaniyalik murabbiy bunday jadval bilan tarkib kengligi haqida gapirishning manosi yo'qligini aytdi, chunki bu futbolchilar uchun juda murakkab taqvim bo'lib, natijada ko'plab jarohatlar yuzaga keladi.
"Bizda 7 nafar futbolchi safdan chiqdi, to'g'rimi? Shunday ekan, hozirgi paytda jamoamiz tarkibining kengligi haqida gapirishimiz qiyin, chunki ko'plab o'yinchilarimizni, ayniqsa, hujum chizig'idagilarni yo'qotib qo'ydik. Agar bu davom etsa, har 3 kunda o'ynasak... bizni yana hurmat qilishlarini xohlaymiz. Fikrimizcha, avvalroq aytganlarimiz eng muhimi.
Ishonchim komilki, biz birinchi navbatda futbolchilar, keyin muxlislar, keyin esa har bir klub uchun teng sharoit va bir xil imkoniyatlar zarurligi tamoyillaridan kelib chiqamiz. Umid qilamanki, qaror adolatli bo'ladi", – dedi Arteta.



