Arsenalning yana bir futbolchisi terma jamoa safida jarohat oldi

Khoja
18 noya 2024, 10:08
Arsenal yarim himoyachisi Leandro Trossard Belgiya termasi safida jarohat oldi.

29 yoshli futbolchi Isroilga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Biroq futbolchi bahsning 37-daqiqasida o'yinni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi.

Hozirda futbolchining jarohati haqida aniq ma'lumot berilmagan.

Ma'lumot uchun, Trossard joriy mavsum Arsenal safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol bor.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com