"Arsenal"ga "Sporting"ning 18 yoshli forvardi kerak

Alisher
13 fev 2021
"Arsenal" "Sporting" forvardi Tyagu Tomash bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganmoqda.

18 yoshli futbolchi Portugaliya klubi bilan 5 yillik shartnoma bilan bog'liq, bitimda uning tovon puli 59 million evro etib belgilangan.

Ammo "Sporting" koronavirus pandemiyasi sabab kamtarroq takliflarni ham ko'rib chiqishga tayyor.

Tyagu Tomash joriy mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun