"Arsenal" yaqin vaqtlar ichida yosh futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

Mirjalol Normatov
30 iyul 2020, 23:58
Jorj Lyuis faoliyatini "kanonirlar" safida davom ettiradi.

"Goal" xabariga ko'ra, 20 yoshli norvegiyalik futbolchi ayni damda "Arsenal" qarorgohida. U bilan shartnoma imzolangani 1 avgust kuni "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin e'lon qilinishi kutilmoqda.

Aytilishicha, futbolchi mart oyida ham "Arsenal"da bo'lgan va Mikel Artetada yaxshi taassurot qoldirgan. Jorj bunga qadar "Fram Larvik" hamda "Tromsdalen" kabi jamoalarda o'ynagan. U erkin agent sifatida "Arsenal" safini to'ldiradi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal