

"Football London" xabariga ko'ra, futbolchining agenti muzokaralar olib borish uchun Londonga yetib borgan. Banega o'tgan mavsumda Unai Emerining qo'l ostida mashg'ulotlar olib borgan. Hozircha futbolchining transfer narxi borasida aniq ma'lumotlar berilmagan.
Emeri kelganidan keyin "Arsenal" ikki transferni amalga oshirib bo'ldi. Klub Lixtshtayner va Leno bilan o'z safini kuchaytirdi.



