Banega "Al Shabab" futbolchisiga aylandi

Alisher
15 sen 2020
Argentinalik yarim himoyachi Ever Banega Saudiya Arabistonining "Al Shabab" klubi o'yinchisiga aylandi.

32 yoshli xavbek "Sevilya" bilan shartnomasi yakuniga etdi va yangi jamoasiga erkin agent maqomida qo'shildi. Futbolchi "Al Shabab" bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Banega 2019/20 yilgi mavsum "Sevilya" tarkibida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 11ta assist qayd etdi. 

U shuningdek jamoasining Yevropa Ligasida g'olib chiqishida ham katta hissa qo'shdi.


AlisherMuallif
Manba: shababfc.com