"Arsenal" xavbeki safga qaytdi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2023, 19:00
Futbolchi jarohatidan forig' bo'ldi.

"Arsenal" yarim himoyachisi Tomas Parti safga qaytdi. Bu haqda insayder Fabricio Romano "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaga tayanib xabar berdi.

Futbolchi jarohati sabab "kanonirlar"ning 6 ta o'yinini o'tkazib yuborgandi, biroq hozir u jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmoqda.

"Arsenal" navbatdagi o'yinini bugun Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida mehmonda "Lans"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano