"Arsenal" Temmi Abrahamga qiziqib qoldi

17 noya 2022, 15:32
London klubi "Roma" futbolchisi Temmi Abrahamni tarkibida ko'rishni istaydiganlar safiga qo'shildi.

Rim klubi hujumchining kelajagi borasida o'ylayotgan bir paytda nomzodlar soni yana bittag ko'paydi. A seriya gigantlari kelasi yozda takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi. Ammo angliyalik forvardni qishda qo'yib yuborishga yo'l qo'yishmoqchi emas. Abrahamning o'zi ham Premer-ligaga qaytishni istamoqda. “Arsenal” esa da'vogarlar orasida chempionatning eng yuqori pog'onalaridan birini egallab turibdi.

25 yoshli hujum chizig'i vakili ushbu mavsumda “bo'rilar” tarkibida jami 20 ta o'yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasini 4 bor ishg'ol etib, sheriklarining 2 ta goliga ko'maklashdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Insider