"Arsenal" so'nggi 60 yil ichidagi eng yomon natijani qayd etyapti

29 dek 2019, 22:40
APL 20-turi doirasidagi London derbisida "Arsenal" "Chelsi"ga (1:2) imkoniyatni boy berdi.

Bu "to'pchilar" uchun uy uchrashuvlarida qayd etilgan qatorasiga to'rtinchi mag'lubiyatga aylandi. Bungacha "Emireyts"da mehmon bo'lgan "Manchester Siti" (0:3), "Brayton" (1:2) va "Ayntraxt" (1:2, EL guruh bosqichi) jamoalari ham 3 ochko bilan ortga qaytishgandi.

E'tiborli jihati shundaki, "Arsenal" 1959 yilning dekabridan keyingi 60 yil muddat ichida o'tkazgan uy uchrashuvlarida bunaqa muvaffaqiyatsiz natija qayd etmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports