

Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, "Arsenal" yaqinda Arda Gyulerning jamoasi bilan yozda potencial transferni muhokama qilish uchun bog'langan. Biroq, turkiyalik futbolchi "Qirollik klubi"ni tark etishni istamayapti, chunki u hozirgi holatidan mamnun. "Real Madrid" ham 21 yoshli yarim himoyachini sotishni istamayapti.
Arda Gyuler bu mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.



