"Arsenal" klub yetakchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
28 mar 2022, 18:47
"Arsenal" yarim himoyachi Bukayo Saka bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda.

Muzokaralar reja bo'yicha mavsum so'nggida boshlanishi kerak.

Futbolchi klubda baxtli, shunday ekan muzokaralar muammo bo'lmasligi kerak. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

20 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsum "kanonirlar" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano