"Arsenal" jamoa sardori bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishib oldi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2023, 14:10
Tomonlar hamkorlikni davom ettiradilar.

"Arsenal" yarim himoyachisi va jamoa sardori Martin Edegor bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2027 yilning iyuniga qadar yangi shartnoma imzolaydi. Futbolchining "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Norvegiyalik futbolchi London klubida 2021 yildan buyon o'ynab kelmoqda. 24 yoshli xavbek joriy mavsum barcha turnirlarda 5 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira