"Arsenal" forvardi "Middlsbro"ga o'tadi

Alisher
11 yanv 2022
"Arsenal" hujumchisi Folarin Balogun yozda "Middlsbro"ga o'tadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 20 yoshli angliyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsumning qolgan qismini ijarada "Boro"da o'tkazadi.

Futbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak, shundan so'ng klublar bitim haqida rasman e'lon qilishadi.

Balogun 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt o'yinchini 4 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano