"Arsenal" derbidayoq Remsdeylni tarkibga tushirish uchun harakat qilmoqda

Mirjalol Normatov
19 avg 2021, 00:50
"Sheffild Yunayted" posboni Aaron Remsdeyl jamoadan ketishga yaqin.

"The Athletic" xabariga ko'ra, London klubi posbon uchun 24 million funtdan tashqari, bonuslar tarzida 6 million funt vada qilgan. Darvozabon "Arsenal" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va uni yana bir mavsumga uzaytirish mumkin bo'ladi.

"Arsenal" futbolchini tezroq transfer qilib, yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi o'tadigan uchrashuvda qatnashishi uchun harakat qilmoqda. Remsdeyl ushbu mavsumda Chempionshipning ikki uchrashuvida qatnashishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic