"Arsenal" chempionlik uchun kurashish maqsadida tarkibni kuchaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
21 dek 2023, 12:29
"Kanonirlar" transfer bozorida faol bo'lishadi.

"Arsenal" chempionlik uchun kurashish maqsadida yanvar oyida jiddiy kuchaymoqchi, deb xabar berdi "The Independent".

"Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta o'z ixtiyorida hujumchi, yarim himoyachi va ikki himoyachiga ega bo'lishni istamoqda.

Muammo shundaki, moliyaviy cheklovlar tufayli "kanonirlar" mutaxassisning bor-yo'g'i ikkita so'rovini qondira oladi. Ammo londonliklar bir yoki bir nechta futbolchisini sotsa, vaziyat o'zgarishi mumkin.

Avvalroq "Brentford" forvardi Ayven Touni "Arsenal"ga o'tishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent