"Arsenal" 30 million evrolik transferni amalga oshirmoqchi

Alisher
14 okt 2021, 10:44
"Arsenal" "Bryugge" hujumchisi Noa Langga qiziqmoqda.

"Kanonirlar" 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun 30 million evro miqdoridagi shartnoma taklif qilishga tayyorlar.

Belgiya klubi futbolchi bilan 40 million evro evaziga xayrlashishni xohlamoqda.

Lang 2021/22 yilgi mavsum "Bryugge" safida 13ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 25 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Voetbal24