Arsenal 2009 yildan buyon ilk bor APLda ketma-ket 3ta o'yinda gol ura olmadi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2016, 09:00
Arsenal kecha Sautgempton bilan durang o'ynadi (0:0).

Shunday qilib, London klubi Angliya chempionatida 2009 yil fevralidan buyon ilk bor ketma-ket uchta o'yinda gol ura olmadi.

Oldinroq Arsenal Chelsi (0:1) va Stok Siti (0:0) bilan uchrashuvlarda to'p kirita olmagandi. Arsen Venger shogirdlari APLda 4ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.

24ta turdan so'ng Arsenal chempionatda 4-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe