

“To'pchilar” 19 o'yin o'tkazib, musobaqada jadvalida 50 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda. “Arsenal” mavsum yarmida 50 va undan ko'p ochko to'play olgan musobaqadagi to'rtinchi jamoaga aylandi.
Avvalroq, bunday natijaga “Manchester Siti” (55 ochko 2017/18 yilgi mavsum), “Liverpul” (55 ochko 2019/20 va 51 ochko 2018/19 yilgi mavsum), “Chelsi” (52 ochko 2005/06 yilgi mavsum) erishgan.



