

“Men hech qachon UEFA Kubogi yoki Yevropa Ligasi bosh sovrini bilan qiziqmaganman. Ammo YCHL bosh sovrinini yuta olmaganimdan afsuslanaman. “Arsenal” 20 yillik ishtirokdan so'ng ham ushbu musobaqada g'olib bo'la olmadi. Biroq jamoa bir kun kelib, bunga erishadi deb umid qilaman. Men jamoaga kelganimda ular Chempionlar Ligasida sanoqli o'yinlarni o'tkazgandi, xolos. Keyin esa ular doimiy ravishda “Barselona” yoki “Bavariya”ga qarshi o'ynadi”, - deydi Venger.
Eslatib o'tamiz, Arsen Venger “Arsenal” bilan 2006 yilda YCHL finaliga chiqqan va unda “Barselona”ga 1:2 hisobida yutqazgandi.



