
Bu o'yindagi natijani boricha qabul qilishimiz kerak. Keyingi o'yinga bor e'tibor va kuchni jamlab tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
Biz o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotdik. "Everton"ga qarshi zo'r o'ynadik deya olmayman. Lekin shu aytish kerakki, raqibning ikkinchi va uchinchi gollari nohaq kiritilgandi. Ikkinchisida o'yindan tashqari holat bor edi. Uchinchi gol esa qoida buzilganidan so'ng yuzaga keldi. Biz kiritgan golni esa hakam inobatga olmadi. Aslida o'sha vaziyatda offsayd yo'q edi.