Argentina va Venesuela bahsi oldidan qiziq statistika

Eldor Akmurzayev
28 iyun 2019, 23:30
Birozdan so'ng, Kopa Amerika-2019ning chorak finalidan o'rin olgan Argentina hamda Venesuela bahsiga start beriladi.

Argentina raqiblariga qarshi so'nggi uch bahsdan buyon zafar qucha olmayapti. 

JCH-2018 saralash o'yinlari doirasidagi ikkala uchrashuvda ham durang (2:2, 1:1) natija qayd etilgan bo'lsa, joriy yilning martida o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinida esa venesuelaliklarning qo'li baland (1:3) kelgandi. 

Umuman, Argentina oxirgi marotaba ularni 2016 yilgi Kopa Amerika musobaqasining aynan 1/4 finalida yirik hisobda (4:1) mag'lubiyatga uchratgandi. O'sha bahsda gollarni argentinaliklar safida Gonsalo Iguain (dubl), Lionel Messi hamda Erik Lamela kiritgan bo'lsa, javob to'pini bugungi uchrashuvda ham qatnashadigan Solomon Rondon urgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia