Argentina Amerika kubogi uchun qaydnomasini ma'lum qildi

Aziz Tukhtamuradov
11 iyun 2021, 08:35
Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi 13 iyun kuni boshlanadigan Amerika Kubogi-2021 musobaqasida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi.

Darvozabonlar: Franko Armani, Emiliano Martines, Xuan Musso, Ogyusten Marshesin.

Himoyachilar: Markos Akunya, Lisandro Martines, Lukas Kvarta, Nauel Lusero, Kristian Romero, Nikolas Otamendi, German Peccella, Nikolas Talyafiko, Gonsalo Montel.

Yarim himoyachilar: Rodrigo De Paul, Anxel Di Mariya, Nikolas Dominges, Djovanni Lo Chelso, Esekel Palasios, Leandro Paredes, Alexandro Gomes, Nikolas Gonsales.

Hujumchilar: Lionel Messi, Lautaro Martines, Serxio Aguero, Anxel Korrea, Xoakin Korrea, Lukas Alario.

Argentina terma jamoasi guruh bosqichida Boliviya, Chili, Urugvay va Paragvay terma jamoalariga qarshi o'ynaydi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: afa.com.ar