"Aral" jamoasi nazorat uchrashuvida "Andijon"ni mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024, 18:39
O'zbek klublari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

Bugun Superliga vakili "Andijon" Pro liga a'zosi "Aral" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Unda nukusliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. "Aral" tarkibida gollarni Salamat Qutiboev hamda Izzatilla Abdulhaqov kiritgan bo'lsa, andijonliklarning goliga Sunnatilla Abdullajonov mualliflik qilishdi.

Nazorat uchrashuvi

21.02.2024

"Andijon" - "Aral" 1:2

Gollar: S.Abdullajonov - S.Qutiboev, I.Abdulhaqov

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: andijanfc.uz