AQSH kompaniyasi APL klubining 84 foiz akciyasini sotib oldi

Eldor Akmurzayev
31 dek 2020, 19:35
Yilning so'nggi kunida “Byornli” muhim xabarni e'lon qildi.

Klub akciyalarining 84 foizi Velocity Sports Partners – AQSHning ALK Capital kompaniyasiga tegishli sport bo'limiga o'tdi. Kelishuv chorshanba kuni amalga oshdi va APL tomonidan tasdiqlandi.

“Byornli”ning yangi rahbari esa Alan Peys bo'ladi. Shuningdek, sobiq akciyadorlar Mayk Garlik va Jon Banaskevich klubda direktor sifatida ishlashda davom etishadi.

Ayni vaqt “Byornli” chempionat turnir jadvalida 16-o'rinda turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru