APLning o'rtamiyona jamoasi "Barselona" futbolchisiga 80 million evro berishga tayyor

Khoja
11 noya 2025, 10:49
Joriy mavsum APLni juda yuqori notada davom ettirayotgan "Sanderlend" "Barselona" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Angliya jamoasi 20 yoshli futbolchi Fermin Lopesni qishda harid qilishga urinib ko'radi. Jamoa vakillari futbolchining transferi uchun 80 million evro berishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Lopesning Kataloniya jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Futbolchi joriy mavsum 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 4 ta assist bor.



O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com