APLning 5 klubi evrokuboklar pley-offida bironta gol ura olmadi

Narzulla Saydullayev
26 fev 2014, 09:40
Angliya premer-ligasining 5ta klubi bu yilgi evrokuboklarning pley-offida bironta gol ura olgani yo'q.
Kecha "Manchester Yunayted" YCHL 1/8 finali doirasida "Olimpiakos"ga safarda mag'lub bo'ldi (0:2).

O'tgan haftada "Arsenal" "Bavariya"ga (0:2), "Manchester Siti" esa "Barselona"ga taslim bo'lgandi (0:2).

Yevropa ligasi 1/16 finalida ishtirok etayotgan ikki klub ham to'p kirita olmadi. "Tottenxem" o'tgan hafta "Dnepr"ga mag'lub bo'lgandi (0:1), "Suonsi" esa "Napoli" bilan durang o'ynagandi (0:0).

Eslatib o'tamiz, bugun YCHL 1/8 finali dastlabki o'yinida "Chelsi" safarda "Galatasaroy" bilan bellashadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru