APLda futbolchilarning maoshiga xarajat cheklanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2023, 21:46
Angliya Premer-ligasida maoshlar uchun sarflanadigan mablag'ga cheklov kiritilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Premer-liga klublari xarajatlarga chegara qo'yishni ko'rib chiqishmoqda.

G'oya o'yinchilarning maoshini - klub byudjetidagi eng katta bandni - ligadagi so'nggi klubning televidenie huquqlaridan oladigan miqdoriga bog'lashdan iborat.

Agar g'oya maqullansa, top-klublarning maoshi liganing 20-klubining televidenie huquqlaridan tushgan daromadidan 4 baravar ko'p bo'ladi, ammo aniq nisbat hali aniqlanmagan.

Bu taklif klublar o'rtasidagi moliyaviy farqning o'sishini hisobga olib, liganing raqobatbardoshligini saqlash bilan bog'liq.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times