APLda eng ko'p fol ishlagan va ishlatgan futbolchilar ro'yxati ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
25 dek 2022, 12:12
APLda yangi yil arafasidagi uchrashuvlar oldidan eng ko'p fol qayd etgan va ishlagan futbolchilar ro'yxati ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, eng ko'p fol qayd etgan futbolchi sifatida "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo qayd etildi - 30. Undan keyingi o'rinlarni Rayan Yets ("Nottingem Forest", 28) va "Lids"dan Tayler Adams (25) egallagan.

"Kuchli o'nlikdagi" qolgan futbolchilar bilan tanishing:

4. Jeffri Shlupp (24)

5. Gabriel Jezus (24)

6. Ivan Touni (23)

7. Kay Xavertc (22)

8. Jordan Ayyu (22)

9. Amadu Onana (22)

10. Joelinton (22)

Eng ko'p fol ishlab olgan futbolchilar reytingida esa "Kristal Pelas" futbolchisi Uilfrid Zaa yetakchi - 40 fol. Ikkinchi o'rinda "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus (38) qayd etilgan bo'lsa, kuchli uchlikni Bruno Gimaraynsh yopib bergan - 33.

Ro'yxatdagi boshqa futbolchilar bilan tanishing:

4. Jordan Ayyu (29)

5. Jeyms Meddison (29)

6. Jeyms Dastin (29)

7. Rayan Yets (28)

8. Brenden Aaronson (28)

9. Jerrod Bouen (28)

10. Ruben Loftus-Chik (26) 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA