APLda 11 futbolchi doping testdan o'ta olmadi, lekin ular jazolanishmadi

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2019, 19:00
Britaniyaning Sunday Mirror nashrining yozishicha, narkotik va doping testdan o'ta olmagan APLning 11 futbolchisi diskvalifikaciyadan qutilib qolishgan.

Nima?

Ular bergan ma'lumotga ko'ra, futbolchilar qonida morfin, amfetamin, ritalin yoki triamcinolon aniqlangan. Ularning bazilari 2018/19, 6 nafari 2017/18, yana ikkisi 2016/17 mavsumda aniqlangan. Futbolchilarning nomi oshkor qilinmayapti.


Bu o'zi qanday vositalar?

 Triamcinolon - yallig'lanish va allergiyaga qarshi, immunodepressiv vosita. Barcha turdagi metabolizmni tartibga soladi, glyukoza utilizaciyasini pasaytiradi, jigardagi glikogen miqdorini oshiradi, suv va natriyning ionlarini ushlab turadi.

 Retaling yoki metilfenidat - bu psixosimulyator vositasi bo'lib, diqqatni jamlash va e'tibor deficiti sindromida foydalaniladi.

 Morfin - kuchli og'riqlarni kamaytirishda va sportchilarning chidamliligini oshirishda ishlatiladi.

 Amfetamin - markaziy asab tizimiga ta’sir ko'rsatuvchi stimulyator. Foydalanishdan asosiy maqsad - e'tibor va chidamlilikni kuchaytirish. Boks, sumo va kurashda ko'p qo'llaniladi.


Nega futbolchilar diskvalifikaciya qilinmadi?

Testlar Buyuk Britaniyaning antidoping agentligi (UKAD) tomonidan tekshirildi, ammo Angliya futbol federatsiyasi mojaroning oldini oldi va qoidabuzarlar diskvalifikaciya qilinishidan saqlab qoldi. Aksariyat futbolchilar TUE - terapevtik istisno yani tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha taqiqlangan preparatlarni qabul qilishga ruxsat olishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, uch shifokor tekshiruv o'tkazib, bu vositalar davolanish uchun zarurligini tasdiqlaganidan so'ng futbolchilarga TUE berilgan.


TUE o'zi nima?

Qonuniy doping. Bu termin VADA tomonidan taqiqlangan, ammo kasallikni davolash uchun ishlatiladigan vositalarga ishlatiladi. To'g'ri, bu yerda hammasi oddiy emas: Birinchidan, bu dorisiz sportchining salomatligi zarar ko'rishi ma'lum qilinishi kerak; ikkinchidan, vosita kuchni oshirish emas, tiklanish uchun muhimligi isbotlanishi lozim; uchinchidan, dorining analoglari borligini ko'rib chiqish. Buning hammasini antidoping laboratoriyasidagi kamida uch shifokor o'rganishi kerak.


Terapevtik istisno milliy antidoping tashkiloti yoki o'sha sportning xalqaro federatsiyasi tomonidan beriladi. Doping aniqlanganidan so'ng TUEni rasmiylashtirish mumkin emas - bu jiddiy qoidabuzarlikka tenglashtiriladi.


Sport sohasidagi doping eksperti professor Ivan Uoddington Mirror nashriga quyidagi gaplarni aytdi: "Boshidan TUE tizimida kamchiliklar bor edi. Agar hujumchi bo'lganimda va testdan o'ta olmaganimda shifokor menga kerakli hamma narsani yozib bergan bo'lardi. Antidoping siyosatini jiddiy o'rgangan har qanday inson TUE tizimidan o'z maqsadida foydalanishmoqda degan bo'lardi".


Buyog'iga nima bo'ladi?

Angliya futbol federatsiyasi bunga munosabat bildirishga ulgurdi. "Futbol assotsiatsiyasi dopingga qarshi kurashga jiddiy e'tibor qaratadi va Buyuk Britangiya antidoping agentligi bilan hamkorlikda keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda.

2015/16 mavsumdan 2018/19 mavsumgacha Premer-ligada 16 nafar futbolchida doping aniqlangan. Ammo bu ular avtomatik ravishda diskvalifikaciya qilinadi degani emas. Har bir holatda sportchi terapevtik istisnoga ega ekanligini ko'rsatishi yoki modda VADAning ruxsat etilgan kodeksi bo'yicha dori vositasida bo'lganini ma'lum qilishi kerak" - deydi Angliya futbol assotsiatsiyasi vakili.

Angliya futbolini VADA tomonidan sankciyalar kutyapti deyish qiyin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com