APL. "Tottenxem" ketma-ket uchinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi va 5-o'ringa tushdi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2023, 21:15
APL 13-turidan o'rin olgan "Tottenxem" – "Aston Villa" uchrashuvi yakuniga etdi.

Uchrashuvda hisobni mezbonlar ochishganiga qaramay, yakunda "Villa" 3 ochkoga ega chiqdi.

Ange Postekoglu shogirdlari ketma-ket uchinchi marta mag'lub bo'lishdi va beshinchi pog'onaga tushib ketishdi. Bugungi g'alabadan keyin Unai Emeri boshchiligidagi "Aston Villa" esa 4-o'ringa chiqib oldi.


Angliya premer-ligasi
13-tur
"Tottenxem" – "Aston Villa" 1:2
26 noyabr, 19.00, "Tottenxem Xotspur Stedium"
Gollar:
1:0 – 22 Lo Chelso, 1:1 – 45 Pau Torres, 1:2 – 61 Uotkins.
"Tottenxem" – Vikario, Porro, Devis, Emerson, Udodji, Lo Chelso (Alexo Velis, 86), Bentankur (Xeyberg, 32), Kulusevski, Son Xyon Min, Xil, Djonson.
"Aston Villa" – Martines, Kesh (Beyli, 46), Konsa, Diego Karlos, Pau Torres, Din, Makginn (Remsi, 90), Kamara, Duglas Luis, Diabi (Tilemans, 46), Uotkins (Duran, 90).
Ogohlantirishlar: Kesh (27), Kamara (38), Makginn (41).



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia