APL. Sulsher o'z rekordini yangilamoqda

Mirjalol Normatov
19 yanv 2019, 22:50
Hozirgina "Manchester Yunayted" APLning 23-turi doirasida o'z maydonida "Brayton" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Shu orqali mankunianliklar ketma-ket ettinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Ushbu g'alabalarning barchasi yangi bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher qo'l ostida qo'lga kiritildi. Bunga qadar hech qaysi murabbiy MYUdagi faoliyatini ketma ket 7 g'alaba bilan boshlamagan.

Jamoa bunga qadar norvegiyalik qo'l ostida "Kardiff Siti" (5:1), "Xaddersfild" (3:1), "Bornmut" (4:1), "Nyukasl" (2:0), "Riding" (2:0) va "Tottenxem" (1:0) kabi jamoalarni mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia