APL. Son xet-triklar bo'yicha Ronalduga yetib oldi, gollar bo'yicha Nistelroyni ortda qoldirdi hamda klub rekordini qo'ydi

Eldor Akmurzayev
18 sen 2022, 09:20
Angliya chempionati 8-turida “Tottenxem” gollarga boy bahsda “Lester”ni (6:2) taslim etishga erishdi.

Uchrashuvda zaxiradan o'yinga qo'shilgan Son Xyon Min 13 daqiqa ichida uchta gol urib, musobaqadagi xet-triklari sonini 3 taga etkazdi va bu borada Krishtianu Ronaldu bilan tenglashdi.

Shuningdek, koreyalikning APLdagi gollari 96 taga etdi va mazkur natija bo'yicha MYU sobiq forvardi Ruud van Nistelroyni (95 ta gol) ortda qoldirdi,

Qo'shimcha qilish kerakki, 30 yoshli vinger APLda zaxiradan maydonga chiqib, xet-trik qilgan “shporlar”ning ilk futbolchisi sifatida rekord qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports