APL Rossiya va Ukraina klublaridan futbolchi xarid qilishga ruxsat bermadi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2022, 20:59
Angliya Premer-ligasi rejadan tashqari transfer oynasini ochmaydi.

Shu tariqa, APL klublari Rossiya va Ukraina chempionatlaridan o'yinchilarni sotib ololmaydi.

Bu qaror chempionat yaxlitligini saqlash maqsadida qabul qilindi.

Odinroq A Seriya va Bundesliga klublariga RPL va UPL futbolchilari bilan shartnoma imzolash mumkin emasligi aytilgandi.

Eslatib o'tamiz, FIFA futbolchilarga Rossiya va Ukraina jamoalari bilan shartnomani joriy mavsum oxirigacha to'xtatishga ruxsat bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times