APL. MYUdan antirekord, “Brayton”da esa ajoyib natija

Eldor Akmurzayev
8 may 2022, 09:15
Angliya chempionati 36-turida “Manchester Yunayted” safarda “Brayton”ga 0:4 hisobida yutqazib qo'ydi.

“Qizil iblislar” Premer-liga erasida (1992 yildan) mavsum davomida ilk bor 56 ta to'p o'tkazib yuborib, o'z antirekordini qayd etdi. “Brayton” esa yuqori divizionda “qizil iblislar” ustidan eng yirik g'alabasini qo'lga kiritdi.

Shuningdek, manchesterliklar keyingi mavsum YCHLda qatnashish imkoniyatini qo'ldan chiqardi. Jamoa chempionatda 37 o'yin o'tkazib, 58 ochko bilan Yevropa Ligasiga yo'llanma beruvchi 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta