APL. "Chelsi" xuddi "So'g'diyona" kabi kambek amalga oshirdi

Narzulla Saydullayev
14 apr 2018, 18:50
APLda 34-turning ilk uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Sautgempton" maydoniga safar qilgan "Chelsi" 69-daqiqada 0:2 hisobida yutqazayotgandi. Zaxiradan maydonga tushgan Olive Jiruning ikkita va Eden Azarning bitta goli "Chelsi"ga irodali g'alaba keltirdi - 3:2. Qizig'i Konte shogirdlari qandaydir 8 daqiqa ichida uchta gol urishdi.




Angliya chempionati

34-tur

Sautgempton – Chelsi 2:3 (1:0, 1:3)
Gollar
: 1:0 – 21 Tadich, 2:0 – 60 Bednarek, 2:1 – 70 Jiru, 2:2 – 75 Azar, 2:3 – 78 Jiru.
Sautgempton – Makkarti, Soaresh, Bednarek (Gabbyadini, 90), Bertran, Xudt, Uord-Prouz (Ostin, 79), Romeu, Tadich (Sims, 83), Xeyberg, Yosida, Long.
Chelsi –    Kurtua, Keyxill, Kristensen, Alonso, Aspilikueta, Villian, Fabregas, Azar (Mozes, 86), Kante, Dzappakosta (Pedro, 61), Morata (Jiru, 61).
Ogohlantirishlar: Xeyberg (42), Uord-Prouz (44), Azar (64), Bertran (65), Romeu (78), Long (81), Villian (82), Keyxill (90).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia