

Uchrashuvda hisob mehmonlar vakili Josh Maja tomonidan ochildi. U 59-daqiqada "to'pchilar" darvozasi tomon belgilangan penaltini golga aylantirdi. "Arsenal"ning hisobni tenglashtiruvchi goli esa o'yinga hakam tomonidan qo'shib berilgan 7-daqiqada urildi. Mikel Arteta shogirdlariga 1 ochko olib bergan golga zaxiradan maydonga tushirilgan Edvard Nketia mualliflik qildi.
Arsenal – Fulxem 1:1
18 aprel, 17.30, "Emireyts"
Gollar:
0:1 – 59, penalti Madja, 1:1 – 90 Nketia.
Arsenal – Rayan, Belerin (Pepe, 68), Gabriel, Xolding, Djaka, El-Nenni (Parti, 68), Sebalos, Smit-Rou, Saka, Martinelli, Lyakazett (Nketia, 70).
Fulxem – Areolya, Andersen, Robinson, Adarabioyo, Ayna, Dekordova-Rid, Zambo-Angissa, Lukman (Rid, 69), Lemina, Kavaleyru (Brayen, 84), Madja (Loftus-Chik, 77).
Ogohlantirishlar:
Andersen (50), Dekordova-Rid (61), Areolya (89).




