

"Neftchi" - "Qizilqum" bahsining ikkinchi bo'limida farg'onaliklar ustozi G'ofurovni almashtirdi. “Neftchi” matbuot xizmatining yozishicha, himoyachi bel sohasida og'riq his qilgani uchun zaxiraga olingan.
Uchrashuvdan keyin o'tkazilgan tibbiy tekshiruvda futbolchining bel sohasidagi avvalgi jarohati qaytalagani aniqlandi.
Dastlabki reja bo'yicha, G'ofurov 10 kun davomida davolanadi va keyingi tibbiy xulosalar orqali jamoa mashg'ulotlarga qaytadi.



