

Aytishlaricha, Berdievning "Andijon" bilan joriy yilning so'nggiga qadar tuzgan shartnomasi bor va uning transfer summasini "Neftchi" to'lashi kerak bo'lgan.
Lekin bu amalga oshmadi. Shu tariqa 38 yoshli futbolchi yana "Andijon" safiga qaytadigan bo'ldi yoki yil yakuniga qadar, uyda dam oladi.
Kecha Andijon - Paxtakor o'ynidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida burgutlar ustozi Orif Mamatkazin bu haqda o'z fikrini bildirar ekan, bu masala ochiq turganini, Berdievning o'zi istamasa uni majburlab o'ynatmasligini ta'kidladi. Aytish kerakki, Berdiev garchi Andijon bilae shartnomasi bo'lsada, hamon jamoa safiga qaytmagan.
Eslatib o'tamiz, zayavka qilish muddati 9 avgustga qadar davom etadi.



