Anvar Berdiev: "Bunyodkor" bilan kubokni qo'lga kiritmoqchiman"

Narzulla Saydullayev
24 sen 2013, 14:50
Ikkinchi davrada "Bunyodkor" safiga qo'shilgan tajribali hujumchi Anvar Berdiev O'zbekiston kubogi finalidan oldin "Futbol Ekspress" muxbiriga o'z fikrlarini bildirdi.
- Finaldan oldin bir nima deyish qiyin. Muhimi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rayapmiz. O'tgan yil "Bunyodkor" kubokni qo'lga kiritgandi, bu safar ham sovrinni o'zimizda saqlab qolmoqchimiz. Klub muxlislari uchun maydonda bor kuchimiz bilan o'ynaymiz, - deydi Berdiev.

"Bunga qadar "Neftchi" safida bir necha marta O'zbekiston kubogi finalida maydonga tushib g'olib chiqa olmaganman. Bu safar kubokni qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'ldi. Ayni paytda men juda yaxshi jamoa safidaman. Maqsadim "Bunyodkor" bilan birinchi marta kubokni qo'lga kiritish. Oliy liganing 19-turida "Navbahor"ga qarshi o'yinda klub safidagi ilk golimni urdim. Bu menga qo'shimcha kuch bag'ishladi".


Boburbek Tursunov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia