

"Chelsi" jamoasi "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz uchun ushbu o'yin oson bo'lmadi, qog'ozdagi MYU ayni damda bizdan kuchli. Mening kelajagim? Mening poziciyam o'zgargani yo'q. Boshqa takliflar haqida eshitishni istamayman. Ikkita mavsumda biz APL g'olibi bo'ldik va mamlakat kubogini qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, Angliyada barcha qiyinchiliklarga qaramay ketma-ket g'alaba qozonib, men g'olib bo'lganimni isbotladim", - deydi Antonio Konte



