Antonio Konte: “Birinchi davradagi 0:3 hisobini unutganim yo'q”

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017, 23:24
“Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining “Arsenal”ga qarshi kechadigan uchrashuvi oldidan birinchi davrada “kanonirlar”dan uchralgan yirik (0:3) mag'lubiyatni esga olib o'tdi.

“Albatta bu mag'lubiyatga ancha vaqt bo'ldi. Ammo buni doim esda tutish lozim: biz birinchi bo'limdayoq o'z darvozamizdan uchta to'p olib chiqishga ulgurgandik. Shu sabab bu mag'lubiyatni men doim esimda saqlayman. O'ylaymanki, futbolchilarim ham buni unutishmagan.

Bizni “Arsenal”ga qarshi juda qiyin bellashuv kutib turibdi. Birinchi davradagi bahsni unutmagan holda aytishim mumkinki, o'tgan davr ichida ko'p narsalar o'zgardi. Endi biz bir jamoa sifatida harakatlanayapmiz. Ertaga biz o'z maydonimizda o'ynaymiz, muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashadi. Yaxshi o'yin ko'rsatib, g'alaba qozonish niyatidamiz. Eng muhimi koncentraciyani saqlab qolishimiz lozim.

“Arsenal” birinchi davrada bizni yirik hisobda mag'lub etdi va ular buni yana takrorlashlari hech gap emas. Shu sabab bir zum ham ehtiyotkorlikni yo'qotmasdan, g'alabaga bo'lgan irodani, chanqoqlikni namoyish etishimiz lozim. Futbolchilarga doim takrorlayman: siz har doim o'zingizga va o'z uyiningizga baho bering, boshqalarnikiga emas”, dedi “Chelsi” ustozi o'yin oldi o'tkazilgan matbuot anjumanida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN