Antonio Di Natale Xitoyliklardan tushgan qulay taklifni qabul qilmadi

Aziz Tukhtamuradov
19 iyul 2014, 17:34
"Udineze" futbolchisi Antonio Di Natale o'z jamoasida qolish uchun xitoyliklardan tushgan qulay taklifni rad etdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, italiyalik futbolchiga "Guanchjou" jamoasi taklif bilan chiqqan. Osiyoliklar unga yiliga 10 million evro maosh taklif qilishgandi.
Futbolchi esa o'zining so'nggi mavsumini qadrdon jamoasida o'tkazishga qaror qildi. U hozirgi jamoasida yiliga 1,2 million evro ishlab topadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net