“Antalyaspor” Eto`Odan so'ng Ronaldinyoni ham safiga qo'shib oldi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2015, 10:22
Turkiyaning “Antalyaspor” klubi prezidenti Gultekin Genjer Samuel Eto’Odan so'ng jamoa braziliyalik yulduz Ronaldinyoni ham o'z safiga qo'shib olganligini ma'lum qildi.
Ronaldinyo bir muddat avval Meksikaning “Keretaro” jamoasi bilan shartnomasini bekor qilgan edi.

“Biz Ronaldinyo bilan barcha masalalarda kelishib oldik. O'ylaymanki, shu haftaning o'zida uning transferi haqida rasman e'lon qilamiz. Eto’O va Ronaldinyodan tashqari bizda yana bir katta transferning amalga oshishi kutilyapti ”, - dedi Genjer.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “Antalyaspor” Turkiya superligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, Afellay ham tez orada ushbu turk klubi futbolchisiga aylanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com